Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Qashqadaryoda qizlar yoppasiga yo‘qolayotgani rostmi? IIBB javob berdi

Qashqadaryoda qizlar yoppasiga yo‘qolayotgani  rostmi? IIBB javob berdi

Toshkent shahar IIBB axborot multimedia markazi rahbari Irina Sayfutdinova IIV tomonidan tashkil etilgan brifingda Qashqadaryoda qizlar yoppasiga yo‘qolayotgani haqidagi xabarlar haqiqatga mutlaqo to‘g‘ri kelmasligini aytdi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

"Biz chindan ham Sevinch Razzaqovaning yo‘qolgani haqidagi xabarni e’lon qilgan edik. Biz buni qashqadaryolik hamkasblarimiz iltimosiga binoan bajardik, negaki ularda Sevinchni Toshkentda ko‘rganlar bor, degan ma’lumot bo‘lgan. Qashqadaryo haqidagi boshqa faktlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, bunday xabarlarga ega emasmiz. Fikrimcha, bu omma orasida bosimni oshirishdan boshqa narsamas", - dedi Sayfutdinova

IIBB vakili so‘zlariga ko‘ra, ko‘pdan-ko‘p hollarda "sertashvish" onalar 10-15 yil oldingi xabarlarni topib, ijtimoiy tarmoqlarda bo‘lisha boshlaydilar. Shu tariqa keraksiz shov-shuv paydo bo‘ladi. "Biz bir necha marotaba bu eski ma’lumot ekanligini, fuqarolar o‘rtasida vahima yoyish kerakmasligini so‘rab, iltimos qilganmiz", - deb qo‘shimcha qildi u.

Sayfutdinovaning ta’kidiga ko‘ra, asos bo‘lgan vaqtlarda, IIBB bu haqda jamoatchilikni darhol ogohlantiradi. Masalan, yaqinda balog‘at yoshiga yetmagan qizlarga o‘ta kuchli qiziqish bildirgan pedofil singari hodisa ro‘y berganida.

"Uni ko‘rishgan hududda qidiruv ishlari olib borildi, guvohlar so‘roq qilindi. Tezkor tadbirlar natijasida xabar o‘z tasdig‘ini topdi va holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi", - deya xotima qildi IIBB vakili.

Kiritildi: 21:32 17.10.2019. O'qildi: 7824 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!