Bugun 23 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Qashqadaryoda er telefonda boshqa erkak bilan gaplashgan xotinini urib, o‘ldirib qo‘ydi

Qashqadaryoda er telefonda boshqa erkak bilan gaplashgan xotinini urib, o‘ldirib qo‘ydi

Qashqadaryoda er telefonda boshqa erkak bilan gaplashgan xotinini urib, o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda Dehqonobod tuman IIB boshlig‘i G‘ayrat Haydarovga tayanib "Everyday.uz" ma’lum qildi.

Xabar qilinishcha, voqea 3 iyul kuni sodir bo‘lgan. O‘sha kuni erkakning 39 yoshli xotini boshqa erkak bilan telefonda gaplashib turganini eshitib, uni rashk qilib, uning chap ko‘zi va orqa qismiga tan jarohati yetkazgan.

Ayol shifoxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay vafot etgan. Tuman IIB boshlig‘ining ma’lum qilishicha, hodisa sodir bo‘lishidan bir kun avval ham ular janjallashishgan. Bunga loqaydlik bilan qaragan profiliaktika inspektoriga nisbatan xizmat tekshiruvi boshlangan.

Holat yuzasidan JKning 104-moddasi 3-qismi «d» bandi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Erkak qamoqqa olingan.

Kiritildi: 06:00 07.07.2020. O'qildi: 10075 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!