Al Jazeera Arabic mahalliy manbalarga asoslanib, o‘nlab isroillik ko‘chmanchilar bosib olingan Sharqiy Quddusda joylashgan Islomning uchinchi muqaddas maskani - Al-Aqso masjidi hududiga bostirib kirganini xabar qilmoqda.
Ko‘chmanchilar - bosib olingan G‘arbiy Qirg‘oqdagi xususiy Falastin yerlarida noqonuniy yashovchi Isroil fuqarolaridir.
Xabarlarga ko‘ra, ko‘chmanchilar Isroil harbiy kuchlari himoyasida diniy marosimlarni o‘tkazgan.
Quddusning mavjud tartiblariga binoan, g‘ayridinlarga majmuada ibodat qilish taqiqlangan.
Yahudiylarning Pasxa bayrami davomida majmuaga bir necha bor ko‘chmanchilar hujumi uyushtirildi. Hozirda bayramning beshinchi kuni davom etmoqda.