Bugun 19 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Qashqadaryoda 3 yoshli bola tasodifan kombaynning kesish mexanizmiga tushib ketdi

Qashqadaryoda 3 yoshli bola tasodifan kombaynning kesish mexanizmiga tushib ketdi

Joriy yilning 15 iyun kuni Qashqadaryo viloyati Ko‘kdalin tumani Umakay qishlog‘ida yashovchi uch yoshli bola og‘ir ahvolda Respublika ixtisoslashtirilgan shoshilinch tibbiy yordam ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filialiga yotqizilgan.

Ota-onalarning so‘zlariga ko‘ra, bola tasodifan kombaynning kesish mexanizmiga tushib qolgan, buning natijasida uning ikkala qo‘li og‘ir shikastlangan – suyak singan va bilak darajasidagi mushak to‘qimalari ezilgan.

Qabul qilish vaqtida bola qattiq shok holatida edi. Yuqori malakali oliy toifali shifokor Panji Nabiyevich Ro‘ziyev nazorati ostida shoshilinch jarrohlik operasiyasi o‘tkazildi. Aralashuv vaqtida o‘ng qo‘lning singan suyaklari va shikastlangan mushaklari tiklandi. Biroq, chap qo‘l, ya’ni bilakning pastki uchdan bir qismi to‘liq travmatik amputasiyaga duchor bo‘lgan.

Kiritildi: 11:26 17.06.2025. O'qildi: 908 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!