Bugun 11 iyun, 2026 yil, payshanba

КИР

Qashqadaryoda 3 yoshli bola bog‘cha transportida unutib qoldirilib vafot etdi

Qashqadaryoda 3 yoshli bola bog‘cha transportida unutib qoldirilib vafot etdi

Qamashi tumanidagi oilaviy nodavlat bog‘chada fojiali hodisa yuz berdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 3 yoshli tarbiyalanuvchi bog‘chaga olib kelgan transport vositasida unutib qoldirilgan va oqibatda vafot etgan.

Hodisa “Zafar” mahallasida joylashgan oilaviy bog‘chada sodir bo‘lgan. Mas’ul xodimlarning e’tiborsizligi oqibatida bola transport ichida qolib ketgani aytilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Shuningdek, bog‘cha faoliyatini yuritgan tadbirkor bilan tuzilgan shartnomalar bekor qilingan.

Kiritildi: Bugun 18:00. O'qildi: 236 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!