Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Qashqadaryoda 27 yoshli kelin molxonadan o‘lik holda topildi

Qashqadaryoda 27 yoshli kelin molxonadan o‘lik holda topildi

Qashqadaryo viloyati Koson tumanida 27 yoshli kelinning jasadi topildi. “Millar” dasturida holat yuzasidan ma’lumot berildi.

Ma’lum qilinishicha, Koson tumani “Beshqo‘tan” mahallasi, Beshqo‘tan qishlog‘ida yashagan, 1996 yilda tug‘ilgan ayol 2 iyun kuni soat 1:30 larda uyining molxonasidagi yog‘ochga ruhiyatida o‘zgarish bo‘lgani sababli arqon bilan o‘zini osib o‘ldirgan. Biroq ayolning yaqinlari u eri tomonidan o‘ldirilganini aytmoqda.

“Bir kuni kelganida, onajon, kuyovingiz meni o‘ldiraman, deb aytdi. Kuyovingiz juda maydagap, dedi. Bolamga ishonmabman. Keyin kuyovim o‘z og‘zi bilan aytdi, qizim o‘zini osmoqchi bo‘lgan ekan. Qizimdan so‘rasam, kuyovim aldayotganini aytdi. Qizimni vahshiylarcha o‘ldirgan, o‘ligini tahqirlagan. Hamma yerini ko‘rsangiz, kallalari ishib, lablari ishib ketgan. Qizim bo‘g‘ib, vahshiylarcha o‘ldirilgan”, deydi marhumaning onasi.

Jasadni ko‘rgan guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, tanada ko‘plab tan jarohatlari bo‘lgan. Tuman prokuraturasi hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etayotganini ma’lum qildi.

Kiritildi: 23:57 05.06.2023. O'qildi: 5372 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!