Bugun 28 fevral, 2026 yil, shanba

КИР

Qashqadaryoda 1 200 AQSh dollari evaziga haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Qashqadaryoda 1 200 AQSh dollari evaziga haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yakkabog‘ tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.M. (muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan) fuqaro SH.B.ga go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasi olish uchun o‘quv kursida o‘qiganligi to‘g‘risida hujjat tayyorlab berib haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 1 200 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: Bugun 09:20. O'qildi: 504 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!