Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Muborak tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “B.F.” MCHJ rahbari A.E. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, davlat xususiy sherikchilik bitimiga asosan kuz-qish mavsumida aholini ko‘mir bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida ajratilgan mablag‘larning 514,8 mln so‘mini boshqa maqsadlarga sarflab talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.