Bugun 23 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Qashqadaryo viloyatida elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini buzish holati aniqlandi

Qashqadaryo viloyatida elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini buzish holati aniqlandi

O‘zenergoinspeksiya Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan IIB ishtirokida o‘tkazilgan nazorat tadbirida G‘uzor tumani "Yangikent" MFYda joylashgan "G." MCHJ o‘ziga qarashli yaroqsiz holatdagi tok transformatoridan foydalanib kelayotganligi aniqlangan.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 558 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 12:23 25.06.2025. O'qildi: 662 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!