Bugun 20 avgust, 2026 yil, payshanba

КИР

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida sodir etilgan YTH haqida ma’lumot

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida sodir etilgan YTH haqida ma’lumot

2026-yilning 30-iyun kuni soat 20:00 larda Qamashi tumani D-149 avtomobil yo‘lining 1-kilometrida haydovchi, 2009-yilda tug‘ilgan U.Y., «Chery» rusumli avtomashinasida harakatni boshlashdan oldin yo‘lning chetki qismida turgan, 2023-yilda tug‘ilgan A.B.ni turtib yuborgan.

Piyodaga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur holat Qashqadaryo viloyati IIB JXX YHXB mas’ul xodimlari tomonidan qonuniy tartibda rasmiylashtirilib, transport vositasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan.

Hozirda to‘plangan ish hujjatlarini Jinoyat ishlari bo‘yicha Qamashi tuman sudiga yuborish choralari ko‘rilmoqda.

Kiritildi: Bugun 17:44. O'qildi: 449 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!