Bugun 6 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Qashqadaryo viloyati hokimiga o‘rinbosarlar tayinlandi

Qashqadaryo viloyati hokimiga o‘rinbosarlar tayinlandi

Qashqadaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi.

Muratov Shuhrat Kaxarovich — Qashqadaryo viloyati hokimi o‘rinbosari - viloyat investisiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Shuhrat Muratov 1978 yilda Qarshi shahrida tug‘ilgan. Qarshi davlat universitetini tamomlagan.

Tayinlovga qadar u Qarshi shahridagi «Alp Texno Servis» xususiy korxonasi rahbari sifatida faoliyat yuritgan.

Amanov Oybek Anvarovich — Qashqadaryo viloyati hokimining cho‘l hududlari va agrar sohaga investisiyalarni jalb qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Oybek Amanov 1984 yil Dehqonobod tumanida tug‘ilgan. U Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.

U tayinlovga qadar Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazi direktori o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Kiritildi: Bugun 21:36. O'qildi: 223 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!