Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Qashqadaryo va Navoiy viloyati hokimlariga «hayfsan» berildi, ayrim mas’ullar esa lavozimidan ozod etildi

Qashqadaryo va Navoiy viloyati hokimlariga «hayfsan» berildi, ayrim mas’ullar esa lavozimidan ozod etildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bugun, 8 aprel kuni tadbirkorlikni rivojlantirish va joriy yilda aholi bandligini ta’minlash dasturi ijrosi bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Yig‘ilishda yuqoridagi kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani sababli Qashqadaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari, soliq boshqarmasi boshlig‘i, markaziy bank boshqarmasi boshlig‘i, Navoiy viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari, markaziy bank boshqarmasi boshlig‘i va soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Qashqadaryo viloyati hokimi Z.Mirzayev, viloyat prokurori, ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘iga, shuningdek, Navoiy viloyati hokimi Q.Tursunov va viloyat prokuroriga “hayfsan” berildi.

Prezident qat’iy ogohlantirish olgan rahbarlar chorak yakunigacha o‘zgarish qilmasa, barchasi ishdan ketishini ta’kidladi.

Kiritildi: 17:53 08.04.2021. O'qildi: 4001 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!