Toshkent shahrida fuqaroning 4 000 AQSh dollarini qo‘lga kiritib, keyinchalik uning o‘rniga soxta AQSh dollari qaytargan shaxs ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlanishicha, muqaddam sudlangan fuqaro R.T. tanishi M.X.ning ishonchiga kirib, unga 4 tonna pomidor yetkazib berish bahonasida 4 000 AQSh dollarini olgan va mazkur mablag‘ni o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.
Keyinchalik pul mablag‘larini qaytarmaslik maqsadida R.T. jabrlanuvchiga 100 AQSh dollarlik kupyuralardagi qalbaki 4 000 AQSh dollarini bergani ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) hamda 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markalari yoki qimmatli qog‘ozlar tayyorlash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.