Bugun 22 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Qarzdorning “Honda” elektromobili auksionga chiqarildi

Qarzdorning “Honda” elektromobili auksionga chiqarildi

Qo‘ng‘irot tumanlararo sudining qaroriga asosan qarzdor "T.S. " fermer xo‘jaligidan ATB “Agrobank” foydasiga jami 517,7 mln. so‘m kredit qarzi va 40,7 mln. so‘m hisoblangan foizlarni undirish, undiruvni qarzdorga tegishli Honda rusumli avtomashinaga qaratish belgilangan.

Ushbu sud qarori bo‘yicha chiqarilgan ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Qonliko‘l tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushib, bo‘lim tomonidan ijro harakatlariga kirishilgan.

Xususan, bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga ushbu ijro hujjati ijrosini ta’minlash uchun 15 kunlik ixtiyoriy muddat berilib, sud qarorining ijrosini ta’minlamaslik oqibatlari tushuntirilgan.

Shunga qaramasdan, qarzdor tomonidan ijro hujjati talabi ixtiyoriy ravishda bajarilmaganligi sababli, kreditga olingan elektromobil bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan tegishli tartibda xatlovga olingan va elektron onlayn-auksion savdo maydonchasi orqali sotuvga chiqarib yuborilgan.

Kiritildi: 18:32 21.11.2024. O'qildi: 448 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!