Bugun 23 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

Qarzdor ota aliment evaziga farzandlariga xovli uy joy berdi

Qarzdor ota aliment evaziga farzandlariga xovli  uy joy berdi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Rishton tumanlararo sudining 12.06.2023 yildagi sud hujjatiga asosan, qarzdor M.M.dan undiruvchi foydasiga 3 nafar voyaga yetmagan farzdanlari moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan.

Ota to‘lovni paysalga solib, sobiq turmush o‘rtog‘iga turli bahonalarni ro‘kach qilgan holda tegishli tartibda idoralarga murojaat qilmaslikni so‘rab kelgan.

Biroq, ijro harakatlari Byuroning Rishton tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan. Aliment to‘lovlaridan bo‘lgan qarzdorlik uchun qarzdorning chetga chiqishiga vaqtincha cheklov qo‘yilgan. Shundan so‘ng fuqaro M.M. qonun majburiyatlaridan qochib keta olmasligini tushunib yetgan.

Qarzdor ijro hujjati talablarini bajarish, nizoli holatni hal qilish va taraflarning hamkorligi asosida o‘zaro maqbul qarorga erishish maqsadida professional mediatorga murojaat qilgan.

Professional mediator ishtirokida qarzdor va undiruvchi o‘rtasida tuzilgan mediativ kelishuvga ko‘ra, qarzdor ota uch nafar farzandlari 18 yoshga to‘lgunga qadar bo‘lgan davr uchun aliment to‘lovlari evaziga Rishton tumanida joylashgan xovli uy joyni (baxolash xulosasiga kura 969.2 mln sumlik) undiruvchi nomiga rasmiylashtirib bergan.

Shu tarika, undiruvchi alimentdan voz kechib ijro ishi tamomlandi.

Kiritildi: Bugun 10:28. O'qildi: 446 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!