Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Qarzdor ota 180 million so‘m aliment to‘ladi

Qarzdor ota 180 million so‘m aliment to‘ladi

MIB Sariosiyo tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan ijro hujjatiga ko‘ra tumanda yashovchi S. Bohodirovdan o‘n ikki va o‘n besh yoshdagi ikki qiz farzandi uchun tegishli sud qarori asosida 2022 yildan aliment undirish belgilangan.

Mazkur ijro hujjati ish yurituvga qabul qilingach, aliment to‘lovchi otaning O‘zbekiston Respublikasi hududidan chetga chiqish huquqlari vaqtincha cheklanib, aliment to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lab borishi haqida ogohlantirilgan. U davlat ijrochilariga murojaat etib, aliment to‘lovlarini turmush o‘rtog‘i bilan o‘zaro kelishgan holda oldindan to‘lab berishga ahd qilganini ma’lum qildi. Shunga muvofiq davlat ijrochisi M.Tog‘ayev oila vakillarining murojaatiga asosan voyaga yetmagan farzandlarining 18 yoshgacha bo‘lgan aliment miqdorini oldindan hisoblab bergach, S. Bahodirov 180 million so‘m alimentni naqd pul shaklida to‘liq to‘lab berdi.

– Turmush o‘rtog‘im bilan oilamizni saqlab qololmadik, – deydi S. Bahodirov. – Shu bois ham mehribon va begunoh qizlarim ko‘ziga tik qaray olmayapman. Shunday bo‘lsa-da, imkoniyatim borida ularga moddiy ko‘mak berishga harakat qilaman. Farzandlarim balog‘at yoshiga yaqinlashib qoldi. Ular bizdan ko‘ra baxtli yashashlarini istayman.

Shu kuni hujjatlar notarial tartibda rasmiylashtirilgach, qarzdorga nisbatan qo‘llanilgan barcha cheklov choralari bekor qilinib, ijro hujjati undiruvchining arizasiga asosan ish yurituvdan tugatildi.

Kiritildi: 15:06 18.01.2025. O'qildi: 1282 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!