Bugun 24 yanvar, 2026 yil, shanba

КИР

Qarzdor korxonaga tegishli avtotransport vositasi xatlandi

Qarzdor korxonaga tegishli avtotransport vositasi xatlandi

Byuroning Samarqand tuman bo‘limi tomonidan Samarqand shahar Iqtisodiy sudining 2025 yil 14 fevraldagi ijro varaqasiga asosan majburiy ijro harakatlari amalga oshirildi.

Mazkur ijro hujjatiga muvofiq, qarzdor “Samarqand tuman yo‘llardan foydalanish” AJdan undiruvchi Samarqand tuman ETK foydasiga 446 474 808 so‘m qarzdorlikni undirish belgilangan.

Ijro harakatlari davomida qarzdor korxonaga tegishli bo‘lgan “KAMAZ” rusumli avtotransport vositasi xatlanib, belgilangan tartibda jarima maydonchasiga joylashtirilishi ta’minlandi.

Qayd etilishicha, belgilangan muddatda qarzdorlik ixtiyoriy ravishda qoplanmagan taqdirda, xatlangan avtotransport vositasi auksion savdolari orqali sotilib, tushgan mablag‘lar qarzdorlikni qoplashga yo‘naltiriladi.

Majburiy ijro byurosi tomonidan sud hujjatlarining so‘zsiz ijrosini ta’minlash borasida bu kabi ijro harakatlari izchil davom ettirilmoqda.

Kiritildi: Bugun 10:54. O'qildi: 193 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!