Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Qarshida qimorga xumor shovvozlar qo‘lga olindi

Qarshida qimorga xumor shovvozlar qo‘lga olindi

Tavakkalchilik va qimorga asoslangan o‘yinlar odamni doim kulfatga boshlaydi. Negaki, birovni sarmoyasini aldab yutib olish qonunda ham, dinda ham qoralanadi.

Jumladan, Qarshi tumani «Potron» mahallasida yashovchi fuqarolar E.S., F.F., S.A. va J.B.lar mahalla hududida joylashgan choyxonada pul tikib tavakkalchilikka asoslangan qimor o‘ynayotganligi holati Qarshi tumani IIB MHTM profilaktika inspektorlari tomonidan aniqlandi.

Ulardan o‘yinda foydalangan 36 dona qarta va pullar xolislar ishtirokida hujjatlashtirib olindi.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 12:57 22.06.2021. O'qildi: 1686 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!