Bugun 17 yanvar, 2026 yil, shanba

КИР

Qarshi shahridagi ko‘p qavatli uyda gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Qarshi shahridagi ko‘p qavatli uyda gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Qarshi shahrida ko‘p qavatli uyda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlanib, 4 mlrd so‘mdan ortiq zarar hisoblandi.

Bu haqda «Hududgazta’minot» AJ ma’lum qildi.

«Hududgaz Qashqadaryo» gaz ta’minoti filiali hamda shahar gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari, «O‘zenergoinspeksiya» va huquq-tartibot organlari hamkorligida Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida o‘tkazildi.

Tekshiruvlar davomida shaharning «Paxtazor» kichik tumanida joylashgan «M. SH. Q. S.» MCHJga qarashli ko‘p qavatli turar-joy binosi tabiiy gaz ta’minoti korxonasi bilan shartnoma tuzilmasdan, loyiha hujjatlari rasmiylashtirilmasdan hamda tarmoqqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulangan holda gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilib, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 4 milliard 90 million 141 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi. Barcha hujjatlar belgilangan tartibda huquq-tartibot organlariga yuborildi.

Kiritildi: Bugun 20:15. O'qildi: 284 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!