O‘zenergoinspeksiya Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi, "Hudugaz Qashqadaryo" GTF MROF va KQSAO bo‘limi xodimlari korxonasi hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirida Qarshi shahrida fuqaro B.B. ga qarashli novvoyxonada o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida, gaz ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 146,5 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.