Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro O‘.E. “G.” nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazib, faoliyatiga norasmiy rahbarlik qilib kelib, ushbu muassasa binosida umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, jami 697,4 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.