Bugun 15 mart, 2025 yil, shanba

КИР

Qarshi shahri kengaytiriladi

Qarshi shahri kengaytiriladi

Hukumat qarori bilan tasdiqlangan Qarshi shahrining bosh rejasiga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati ma’muriy markazi yaqin yillarda Koson, Qarshi va Ko‘kdala tumanlari yerlari hisobiga 7 ming 767 gektarga kengaytiriladi.

Hujjatda aytilishicha, shahar hududining kengayishi 2042 yilgacha davom etadi.

Ayni paytda shahar hududi 8 308,9 gektarni tashkil etadi. 2030 yil oxiriga kelib 11 026,8 gektarga, 2042 yilga kelib esa 16 073,6 gektarga yetkaziladi.

Shahar aholisi soni 300 ming kishidan 470 ming kishiga ko‘payishi kutilmoqda. Uy-joy fondi ham hozirgi 3,9 mln kv. metrdan 10,81 mln kv. metrgacha oshadi.

Mos ravishda, aholi jon boshiga uy-joy bilan ta’minlanganlik darajasi 14,1 kvadrat metrdan 23 kvadrat metrgacha oshadi.

Qarshida kam qavatli (2-3 va 4-5 qavatli) uylar soni sezilarli darajada kamayadi, yangi 9 va 20 qavatli uylar paydo bo‘ladi.

Shuningdek, MTT, maktab, tibbiyot va ijtimoiy muassasalar soni ko‘payadi.

Shaharning magistral ko‘chalari uzunligi hozir 88 km bo‘lsa, 291,33 km gacha uzaytiriladi. Tashilgan yo‘lovchilar soni hozirgi 96 mln kishidan yiliga 235 mln kishiga oshadi.

Muhandislik-texnik infratuzilmani, shu jumladan suv, gaz va elektr ta’minoti, issiqlik va kanalizatsiya tarmoqlarini jadal rivojlantirish ta’minlanadi.

Qashqadaryo viloyati hokimligiga uch oy muddatda Qarshi shahrining bosh rejasini amalga oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasida tasdiqlash vazifasi yuklatildi.

Kiritildi: 16:17 14.03.2025. O'qildi: 452 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!