Bugun 6 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Qarshi—Samarqand—Qarshi yo‘nalishi bo‘yicha bir oyga «Afrosiyob» poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

A A A
Qarshi—Samarqand—Qarshi yo‘nalishi bo‘yicha bir oyga «Afrosiyob» poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Samarqand xalqaro aeroporti 2021 yil 20 oktyabrdan 20 noyabrgacha yangi aerodrom majmuasini ishga tushirishga tayyorgarlik ishlari munosabati bilan parvozlarni vaqtincha to‘xtatishi to‘g‘risida xabar berilgandi. «O‘ztemir yo‘lyo‘lovchi» AJning ma’lum qilishicha, yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Qarshi—Samarqand—Qarshi yo‘nalishida «Afrosiyob» zamonaviy poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

«Samarqand xalqaro aeroportining vaqtinchalik yopilishi munosabati hamda yo‘lovchilarga qulaylik yaratib, ko‘proq transport xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida 2021 yil 20 oktyabrdan 20 noyabrga qadar Qarshi—Samarqand—Qarshi yo‘nalishida 772/771-sonli ‘Afrosiyob’ zamonaviy poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi», — deyiladi xabarda.

Harakat jadvaliga ko‘ra, bir oy mobaynida Qarshi—Samarqand yo‘nalishida harakatlanadigan 772-sonli «Afrosiyob» zamonaviy poyezdi har kuni soat 12:20 da Qarshi temir yo‘l vokzalidan, Samarqand—Qarshi yo‘nalishida harakatlanadigan 771-sonli poyezd esa har kuni soat 14:30 da Samarqand temir yo‘l vokzalidan qatnovini amalga oshiradi.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan olish mumkin.

Kiritildi: 16:40 16.10.2021. O'qildi: 3421 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!