DXX Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda bojxona idoralari xodimlari hamkorligida mamlakatimizdan Qozog‘iston Respublikasi hududiga naqd pul ko‘rinishida xorijiy valyuta qimmatliklarini noqonuniy tarzda “tashmachi” fuqarolar yordamida bojxona chegarasi orqali olib chiqib ketilishi oldi olindi.
Toshkent tumani hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirda guruh yetakchisi - 1995 y.t. shaxs jami 5 mln 622 ming Rossiya rublini kichik partiyalarga bo‘lgan holda Qozig‘istonga o‘tkazib berishi uchun ushbu mablag‘ni “tashmachi” shaxsga bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Shundan so‘ng tezkor tadbir davom ettirilib, guruh yetakchisining avtotransport vositasi hamda yashash xonadonidan jami 11.220 AQSh dollari, shuningdek, mazkur pul mablag‘ining asl egalari qayd etilgan daftar prosessual tartibda hujjatlashtirib olindi.
Hozirda ushbu shaxsga nisbatan JKning 25,182-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.