Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ellikqal’a tumani bo‘limi, DXX va IIV xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar X.D. va R.SH.ning xonadoni ko‘zdan kechirilganda, alkogol mahsulotlarini qo‘lbola usulda tayyorlayotganligi aniqlanib, ulardan 820 dona “Qaratau” nomli alkogol mahsulotlari, 2 916 dona qopqoqlar, 22 688 dona “QR kod” qog‘ozlari, 1 980 dona bo‘sh shisha idishlar, 1 370 dona qalbaki aksiz markalar va ishlab chiqarishda foydalanilgan boshqa mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) va 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.