Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Qanot Sharq aviakompaniyasi Toshkent – London – Toshkent yo‘nalishida muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi

Qanot Sharq aviakompaniyasi Toshkent – London – Toshkent yo‘nalishida muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi

Aviakompaniya mazkur yo‘nalishda parvozlarni 2025 yil 15 dekabrdan boshlaydi.

Qatnovlar haftada ikki marta dushanba va payshanba kunlari bajariladi.

Parvozlar aviakompaniyaning yangi turdagi Airbus A321-XLR havo kemasida amalga oshiriladi.

🛬 Aviakompaniya yangi yo‘nalishdagi qatnovni Buyuk Britaniyaning Gatvik xalqaro aeroportiga (Gatwick – LGW) bajaradi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston hamda Buyuk Britaniya aviasiya ma’muriyatlari 2024 yilda Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida bo‘lib o‘tgan ICAOning havo qatnovi bo‘yicha muzokaralarga bag‘ishlangan "ICAN – 2024" tadbiri doirasida o‘tkazilgan norasmiy uchrashuvda davlatlar orasida muntazam qatnovlarni amalga oshiruvchi aviakompaniyalar sonini ko‘paytirish bo‘yicha kelishib olgan edi.

Kiritildi: 10:46 15.11.2025. O'qildi: 518 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!