Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

"Qani adolat, Prezidentim": Mirziyoyevga qilingan murojaatga rasmiy munosabat bildirildi (VIDEO)

"Qani adolat, Prezidentim": Mirziyoyevga qilingan murojaatga rasmiy munosabat bildirildi (VIDEO)

"Youtube" ijtimoiy tarmog‘ida "Qani adolat, Prezidentim? Hammasini Prezidentga aytaman" nomli murojaat tarqalgandi.


Qashqadaryo viloyati Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi mutaxassislari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi "Davergeodezkadastr" qo‘mitasiga Qarshi tumani, Qoratepa MFYda yashovchi fuqaro S.Ismatovning murojaati o‘rganib chiqildi.

O‘rganish jarayonida, Qarshi tumani, Qoratepa MFYda yashovchi fuqaro S.Ismatov tadbirkorlik qilish uchun so‘rayotgan yer maydoni Qarshi tumani, Qoratepa MFY hududida joylashgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 20 dekabrdagi “Tadbirkorlik va shaxarsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun bo‘sh turgan yer uchastkalarini berish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1023-sonli qaroriga muvofiq, tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun faqat “E-IJRO AUKSION” savdo maydonchasida elektron onlayn-auksion orqali berilishi belgilangan.

Yuqoridagilarga ko‘ra, fuqaro S.Ismatovga “E-IJRO AUKSION” savdo maydonchasida elektron onlayn-auksionda elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan elektron arizani yuborish va zakalat kiritish orqali ishtirok etishi mumkin.

Kiritildi: 13:39 19.05.2020. O'qildi: 10071 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!