Bugun 29 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Qamoqqa olinganlar majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

A A A
Qamoqqa olinganlar majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Qamoqqa olingan shaxslarga nisbatan qiynoqqa solish hollarining oldi olinadi

Qonun (O‘RQ–1072-son, 26.06.2025 y.) bilan “Jinoyat ishini yuritish chog‘ida qamoqda saqlash to‘g‘risida”gi Qonunga qo‘shimcha kiritildi.

🔰 Kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, qamoqqa olinganlar tergov hibsxonasiga joylashtirilishidan oldin ular hibsxonaning o‘zida majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.

⏳ Majburiy tibbiy ko‘rik qamoqqa olinganlar tergov hibsxonasiga olib kelingan paytdan e’tiboran 2 soat ichida o‘tkaziladi.

📙 Bunda qamoqqa olinganning roziligi bilan uning advokati ham ishtirok etishi mumkin.

📝 Majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijalari bo‘yicha belgilangan namunadagi tibbiy ma’lumotnoma rasmiylashtiriladi.

🔗 Tibbiy ko‘rik chog‘ida qamoqqa olinganning tanasida jarohat, shikastlanish va yaralar aniqlanganda, ular belgilangan tartibda qayd etilib, bu haqda qamoqqa olinganga ma’lum qilinadi va zudlik bilan prokurorga xabar beriladi.

Kiritildi: 09:00 28.06.2025. O'qildi: 476 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!