Braziliyaning sobiq prezidenti, hozirda qamoqda bo‘lgan Jair Bolsonaro yiqilish oqibatida boshidan jarohat olgani uchun seshanba kuni tekshiruv uchun shifoxonaga yotqizildi.
Bu haqda uning rafiqasi Michel Bolsonaro o‘zining Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.
"Kecha u uxlab yotganida tutqanoq tutdi, yiqilib, boshi bilan mebelga urib ketdi. Xona yopiq bo‘lgani uchun u faqat men bilan uchrashishga chaqirilganda davolandi. Tekshiruv natijalarini kutyapman", deb yozadi u.