Bugun 5 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Qamchiqda harakatlanib ketayotgan yuk mashinasi butunlay yonib ketdi

Qamchiqda harakatlanib ketayotgan yuk mashinasi butunlay yonib ketdi

Qamchiq dovonida harakatlanib ketayotgan yuk mashinasi butunlay yonib ketdi. FVV holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Keltirilishicha, 15 aprel kuni soat 22:41 da Qamchiq maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi navbatchilik qismiga dovondan o‘tgan A-373 Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘lining Vodiy—Toshkent yo‘nalishida harakatlangan DAF rusumli yuk mashinasida yong‘in bo‘lgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Aytilgan manzilga soat 22:50 da Qamchiq maxsus qidiruv yong‘in qutqaruv boshqarmasidan 2 ta ekipaj yetib borgan, soat 22:53 da yong‘in qurshab olingan va soat 23:13 da to‘liq bartaraf etilgan.

Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Hodisa oqibatida tan jarohati olish va halok bo‘lish holatlari qayd etilmadi.

Kiritildi: 17:36 16.04.2025. O'qildi: 841 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!