Bugun 24 may, 2025 yil, shanba

КИР

Qamchiqda Cobalt xandaqqa tushib ketdi

Qamchiqda Cobalt xandaqqa tushib ketdi

Kecha, 21 may soat 08:05 da A-373 Toshkent-O‘sh avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tgan qismida Cobalt haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘lning xandaq (kyuvet) qismiga tushib ketganligi va amaliy yordam zarurligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan, qutqaruv otryadi aytilgan manzilga zudlik bilan yetib borib, maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida avtomobil xandaqdan olib chiqilgan.

Avtomobilda haydovchi va 3 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Hodisa oqibatida tan-jarohati olganlar yo‘q.

Kiritildi: 11:42 22.05.2025. O'qildi: 557 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!