Bugun 18 mart, 2026 yil, chorshanba

КИР

Qamchiq dovonida yomg‘ir-qor: haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rish talab etilmoqda

Qamchiq dovonida yomg‘ir-qor: haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rish talab etilmoqda

A373 «Toshkent–Ohangaron–Angren–Qo‘qon–Shahrixon–Andijon» avtoyo‘lining bir nechta uchastkalarda ob-havo keskin o‘zgardi. 80—102 hamda 166—201 km larda yomg‘ir, 102—166 km oralig‘ida esa qor yog‘moqda.

Harorat —1°S, namlik 79%, shamol tezligi 2–10 m/s, ko‘rish masofasi 500 metr atrofida.

«Qamchi-avtoyo‘l IYFK» DM tomonidan yo‘l qoplamasida sirpanishning oldini olish maqsadida tun-kun qum-tuz aralashmasi sepish va yo‘llarni qordan tozalash ishlari olib borilmoqda. Ayni paytda transport vositalari ikki tomonlama xavfsiz harakatlanmoqda.

Tashkilot haydovchilardan ob-havo sharoitiga muvofiq ravishda tezlikni oshirmaslik, ora masofani saqlash va barcha xavfsizlik qoidalariga amal qilishni qat’iy tavsiya qiladi.

Kiritildi: 12:18 08.12.2025. O'qildi: 1877 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!