Bugun 20 mart, 2025 yil, payshanba

КИР

Putinning buyrug‘i: Rossiya o‘z dronlarini o‘zi urib tushirdi

Putinning buyrug‘i: Rossiya o‘z dronlarini o‘zi urib tushirdi

Rossiya qo‘shinlari allaqachon havoda bo‘lgan va Ukraina energetika ob’ektlarini nishonga olgan o‘zining yettita hujumchi dronini urib tushirdi. Rossiya Mudofaa vazirligining xabar berishicha, bu voqea Vladimir Putinning Ukraina infratuzilmasiga zarba berishni vaqtincha to‘xtatish haqidagi buyrug‘idan so‘ng yuz berdi.

"Oliy bosh qo‘mondonning buyrug‘i olingan paytda, Nikolayev viloyatidagi harbiy-sanoat majmuasi ob’ektlarini nishonga olgan yettita Rossiya droni havoda edi. Ularning oltitasi Pansir zenit-raketa majmuasi tomonidan, yana bittasi esa Rossiya harbiy-havo kuchlarining navbatchi qiruvchisi tomonidan yo‘q qilindi," deb ma’lum qildi idora.

Rossiya havo mudofaasi kuchlari 19 martga o‘tar kechasi mamlakat hududi ustida 57 ta dronni yo‘q qildi. Ukraina Qurolli Kuchlari Krasnodar o‘lkasining Kropotkin shahridagi neft omboriga zarba berdi. Hujum natijasida kamida uchta portlash ro‘y berdi va dronlar tushgan joyda yong‘in chiqdi.

Ukraina Qurolli Kuchlari Harbiy-havo kuchlari ma’lumotlariga ko‘ra, 19 martga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Ukraina hududiga "Iskander-M" va S-300 raketalari bilan zarba berdi hamda 145 ta "Shahed" turidagi uchuvchisiz apparat va dron-imitatorlarni ishga tushirdi.

Kiritildi: 22:25 19.03.2025. O'qildi: 1837 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!