Bugun 25 may, 2026 yil, dushanba

КИР

Putinning atrofidagilari uni internetni bloklashdan qaytarishga urinishgan — The Guardian

Putinning atrofidagilari uni internetni bloklashdan qaytarishga urinishgan — The  Guardian

Nashrning xabar berishicha, Vladimir Putinni internetda "keskinroq cheklovlar" joriy etmaslikka ishontirishga uringanlar orasida uning matbuot kotibi Dmitriy Peskov va Prezident administrasiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Sergey Kiriyenko bo‘lgan.

Gazeta suhbatdoshlarining so‘zlariga ko‘ra, rossiyalik elita vakillari internetni o‘chirish haqidagi muhokamalarda Xitoyning internetni nazorat qilish tajribasi haqida "biroz havas bilan" gapirishgan, holbuki avvallari buni masxara qilishgan.

Biroq, Putinni raqamli cheklovlarga bu qadar keskin yondashmaslikka ko‘ndirish urinishlari hech qanday natija bermadi. Nashrning yozishicha, Ukrainaga qarshi urush boshlanganidan beri u o‘z qarorlarida kuch tuzilmalari rahbarlarining fikriga tayanadi.

Maqola mualliflarining ta’kidlashicha, Putinning harakatlari Rossiyaning Ukrainaga boshlagan urushidan beri uning hukmronligi asosida yotgan "yozilmagan ijtimoiy shartnomalardan birini" buzgan ko‘rinadi. Bu shartnomaga ko‘ra, oddiy rossiyaliklar o‘z kundalik hayoti barqaror qolsa, urushga e’tibor bermasliklari mumkin edi, deyiladi xabarda.

Kiritildi: Bugun 15:15. O'qildi: 363 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!