Bugun 10 aprel, 2025 yil, payshanba

КИР

Putinda Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lish uchun “psixologik muddat” bor — Donald Tramp

 Putinda Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lish uchun “psixologik muddat” bor — Donald Tramp

AQSh prezidenti Air Force one samolyoti bortida jurnalistlar bilan suhbatda Rossiya prezidentiga ishonishini va uning to‘g‘ri yo‘l tutib, tinchlik kelishuvini imzolashini bildirdi.

"Men Putin o‘z so‘zidan qaytadi deb o‘ylamayman. Uni anchadan beri taniyman. Biz har doim yaxshi chiqishib kelganmiz", — dedi Tramp.

Shu bilan birga, u Putinning Ukrainada BMTning vaqtinchalik boshqaruvini joriy etish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlamasligini ham bildirdi.

"Putin oxirgi bir-ikki kun ichida aytgan ba’zi gaplar Ukraina prezidenti bilan bog‘liq. Putin Zelenskiyni ishonchli deb hisoblamasa ham, baribir u bilan kelishuvga erishishi kerak", — deya fikr bildirdi Qo‘shma Shtatlar yetakchisi.

Shuningdek, Tramp NBC telekanalining Oq uy Rossiyaga tinchlik bitimini imzolash uchun bir oy muhlat bergani haqidagi xabarlarini ham rad etdi. U Putin uchun aniq bir muddat belgilanmaganini ta’kidladi.

"Bu psixologik muddat. Agar men ularning faqat vaqtni cho‘zayotganini bilsam, bu menga yoqmaydi", — deya qo‘shimcha qildi AQSh yetakchisi.

Kiritildi: 12:18 31.03.2025. O'qildi: 1471 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!