Bugun 17 sentyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Putin yil oxirigacha Donbassni to‘liq egallashni buyurdi

Putin yil oxirigacha Donbassni to‘liq egallashni buyurdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi urushni to‘xtatishning asosiy shartlaridan biri sifatida Donbassning butun hududi ustidan nazorat o‘rnatishni so‘ramoqda. Ya’ni, u Ukraina Donbassning ma’muriy chegaralaridan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishini talab qilmoqda.

Vladimir Putin AQSh prezidenti Donald Trampning maxsus vakillari bilan Moskvada o‘tgan navbatdagi uchrashuvda ham yana shu pozisiya ilgari surgan. Bu haqda Bloomberg agentligi o‘z manbalariga tayanib xabar bermoqda.

Ukraina tomoni esa, o‘z navbatida, mojaroni hozirgi chiziq bo‘ylab muzlatishga tayyorligini, ammo rus armiyasi hali egallay olmagan hamda qachon egallashi ham aniq bo‘lmagan hududlardan voz kechmasligini bildirdi. Shu bilan birga, ukrainaliklar mintaqaning o‘z nazoratida qolgan qismlarida mudofaani kuchaytirmoqda.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning ta’kidlashicha, Putin Rossiya armiyasiga yil yakuniga qadar Doneik viloyatini to‘liq egallashni topshirgan. Rossiyalik harbiylar esa bu muddatni 2027 yil 31 martgacha uzaytirishni so‘ramoqda.

Harbiy ekspertlar bu rejani amalga oshirish mumkinligiga biroz shubha bilan qaraydi. Bu xulosa asosida mojaroning allaqachon pozision bosqichga o‘tgani, Ukraina asta-sekin jang maydonida tashabbusni o‘z tomoniga og‘dirayotgani yotadi.

"Hozirgi ilgarilash sur’atlarida Rossiya qo‘shinlari Donesk viloyatining qolgan 19 foizini faqat 2032 yil 2 oktyabrga kelibgina egallashi mumkin", deyiladi AQShning Urushni o‘rganish instituti (ISW) hisobotida.

Kiritildi: 21:21 16.09.2026. O'qildi: 999 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!