Ukraina Tashqi ishlar vazirligi Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Kiyevdagi qaror qabul qilish markazlarini «Oreshnik» raketasi bilan urish haqidagi tahdidlarini tanqid qildi.
«Ushbu bayonotlar bilan Putin yana bir bor bu urush davom etishini va bu urushni kengaytirishni istagan yagona shaxs ekanligini ko‘rsatdi», dedi TIV matbuot kotibi Georgi Tixi.
Tixiyning aytishicha, Putinning so‘zlari mojaroda vazminlikka chaqirayotgan Xitoy va Braziliya kabi davlatlarga nisbatan hurmatsizlikdir.
«Biz hammani urushning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslikka undagan davlatlardan Putinning bugungi bayonotlariga munosabat bildirishini kutamiz», — dedi Tixi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Putinning so‘zlari Ukrainaning ittifoqchilari va Ukrainadagi urushni to‘xtatishga intilayotgan AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Trampga qaratilgan «shantaj»dir.