Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Xitoy raisi Si Jinpinning uchrashuvi Shenchjen shahrida bo‘lib o‘tadigan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammiti doirasida rejalashtirilgan.
Bu haqda Rossiya Federasiyasi Federal Majlisi Federasiya kengashi raisi Valentina Matviyenko ma’lum qildi, deb xabar berdi “Interfaks”.
Yangi suhbat oliy darajadagi muntazam muloqotlarning davomi bo‘ladi.
Matviyenkoning so‘zlariga ko‘ra, Moskva va Pekin munosabatlari ikki davlat rahbariyati va xalqlarining birgalikdagi faoliyati tufayli misli ko‘rilmagan yuqori darajaga ko‘tarilgan. Shu bilan birga, strategik sheriklik faqat savdo va iqtisodiyot bilan cheklanib qolmaydi.
"Biz jahon maydonida harakatlarimizni faol muvofiqlashtirmoqdamiz, umumiy yondashuvlarni himoya qilmoqdamiz, chunki Rossiya va Xitoyning yondashuvlari yaqin yoki mos keladi," - dedi Federasiya Kengashi raisi.