Vladimir Putin o‘z saylovoldi shtabida keldi va bir soatlik matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Putinning matbuot anjumanida bildirgan asosiy fikrlari:
◾️Vatan mudofaasini ta’minlashda o‘zini ayamayotgan askarlarimizga alohida tashakkur bildiraman;
◾️Rossiyani rivojlantirish bo‘yicha barcha rejalar albatta hal qilinadi va maqsadlarga erishiladi;
◾️ Mamlakatdagi hokimiyat asosi rus xalqidir;
◾️Qurolli kuchlarni yanada kuchaytirishimiz kerak, bu hozirda yaxshi sur’atda ketmoqda;
◾️Biz qo‘limizda qurol bilan fuqarolarimiz manfaatlarini himoya qilishga majburmiz;
◾️"Rossiya ko‘ngillilar korpusi" xoin Vlasov armiyasi bilan teng, ularning taqdiri qanday yakunlangani hammaga ma’lum;
◾️ Ayni damda Rossiya Federasiyasining chegaradosh viloyatlariga hujumlar davom etmoqda, "Rossiya ko‘ngillilar korpusi"ning hujum qilgan 1,5 ming nafar a’zosidan 800 ga yaqini yo‘q qilindi;
◾️ Caylov paytida byulletenlarga zarar yetkazganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi, huquq-tartibot idoralari qonunga muvofiq harakat qiladi;
◾️ Tayvan Xitoy Xalq Respublikasining tarkibiy qismi;
◾️ Biz tinchlik muzokaralar tarafdorimiz. Bu dushmanning o‘q-dorilari tugab borayotgani sababli emas;
◾️ Navalniy olamdan o‘tdi, bu qayg‘uli voqea;
◾️ Navalniyni G‘arb davlatlaridan biridagi shaxsga almashish fikri bor edi, men bunga rozi bo‘ldim. Navalniyni qaytib kelmasligi sharti bilan almashmoqchi edik, lekin uning o‘limi sodir bo‘ldi, hayot shunday;
◾️Rossiya Federasiyasi va NATO o‘rtasidagi ziddiyat uchinchi jahon urushiga bir qadam qolishiga sabab bo‘ladi.