Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Putin Ukrainaning bosib olingan hududlarini bir qismini Kiyevga qaytarishdan voz kechdi

Putin Ukrainaning bosib olingan hududlarini bir qismini Kiyevga qaytarishdan voz kechdi

Putin Ukrainaning bosib olingan hududlarini bir qismini Kiyevga qaytarishdan voz kechdi — Bloomberg.

Agentlik manbalariga ko‘ra, Rossiya bosib olingan hududlarning bir qismini urushni to‘xtatish bo‘yicha ehtimoliy kelishuv doirasida Ukrainaga qaytarish fikridan qaytdi.

"Rossiya prezidenti Vladimir Putin hali ham Donbass ustidan to‘liq nazorat o‘rnatishni, Sumi va Xarkov viloyatlarining bosib olingan chegaradosh qismlarini Rossiyada qoldirib, ularni “bufer zona”ga aylantirishni niyat qilmoqda", deya xabar bermoqda Bloomberg.

Putin 2025 yil avgust oyida Alyaskaning Ankorij shahruda AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashgandi. Kreml ushbu sammitda erishilgan “norasmiy kelishuvlar” barbod bo‘lgan deb hisoblamoqda. Shu sababli har qanday hududiy yon berishlardan voz kechgan.

Kreml rasmiylari Putin va Tramp o‘rtasidagi “Ankorij ruhi” deb nomlangan kelishuv doirasida muayyan majburiyatlar bo‘lganini ta’kidlab keladi. Ularning aytishicha, ushbu kelishuv Sumi va Xarkov viloyatlarining bosib olingan hududlarini Ukrainaga qaytarish evaziga sharqiy Donesk viloyatini olishni nazarda tutgan.

Endilikda Rossiya Donesk viloyatini to‘liq egallab olgandan so‘ng muzokaralarga qaytmoqchi. Rossiya Mudofaa vazirligi prezident Putinni 2026 yil oxirigacha bunga erisha olishiga ishontirgan. Mudofaa vazirligiga yaqin Bloomberg suhbatdoshining aytishicha, ko‘plab rossiyalik harbiylar buni haqiqatdan yiroq deb hisoblaydi. Ular Donbassni faqat 2027 yil davomida to‘liq nazorat ostiga olish mumkinligini aytgan.

Kiritildi: 20:08 23.07.2026. O'qildi: 1944 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!