Bugun 15 mart, 2025 yil, shanba

КИР

Putin Ukrainani nazorat qilish rejasidan voz kechmagan

Putin Ukrainani nazorat qilish rejasidan voz kechmagan

AQSh razvedkasi hisobotlariga ko‘ra, Putin Ukrainani nazorat qilish rejasidan voz kechmagan, deya xabar berdi The Washington Post.

Ayrim sobiq va amaldagi amerikalik amaldorlarning fikricha, agar Putin vaqtinchalik otashkesimga rozi bo‘lsa ham, u bu tanaffusdan qayta qurollanish uchun foydalanadi. Shundan keyin, Rossiya sulh shartlarini buzib, provokasiya uyushtiradi hamda bunda Ukrainani ayblaydi.

Nashr manbalaridan biriga ko‘ra, Putinning bu pozisiyasiga oid ba’zi baholar "Trampni g‘azablantirayotgani" ehtimoldan xoli emas. Bunga AQSh prezidenti administrasiyasida so‘nggi paytlarda Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqidagi muhokamalar bilvosita ishora qilmoqda.

Kiritildi: 17:37 14.03.2025. O'qildi: 885 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!