Bugun 29 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Putin: "Ukraina bilan tinchlikka tayyormiz"

Putin: "Ukraina bilan tinchlikka tayyormiz"

Vladimir Putin shanba kuni Belarus poytaxti Minskdagi tashrif chog‘ida jurnalistlarga Moskva Ukraina bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yangi tinchlik muzokaralariga tayyor ekanini bildirdi, garchi ikki davlat orasida uzoq masofali dron hujumlari davom etayotgan bo‘lsa ham.

Putinga ko‘ra, Rossiya va Ukraina rasmiylari ehtimoliy uchrashuvning vaqtini muhokama qilmoqda. U shuningdek, Kreml avval turli bahonalar bilan rad etib kelgan o‘t ochishni to‘xtatish shartlari ham muhokama mavzusi bo‘lishi kutilmoqda, dedi.

Shu bilan birga, AQSh boshchiligidagi xalqaro tinchlik sa’y-harakatlari hozircha sezilarli natija bergani yo‘q. Istambulda o‘tkazilgan Rossiya va Ukraina delegasiyalari o‘rtasidagi so‘nggi ikki muzokara davrasi qisqa bo‘lgan va hech qanday yaqinlashuvga olib kelmagan.

Ukraina mudofaa vaziri Rustem Umerovning aytishicha, Kiyev tinchlik muzokaralarining keyingi bosqichi Vladimir Zelenskiy va Putin o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchrashuv bo‘lishini istaydi.

Biroq, Putinning yaqindagi bayonotlari bunga yo‘l ochmasligi mumkinligini ko‘rsatmoqda. Uning fikricha, yuqori darajadagi sammit faqat tinchlik kelishuvining asosiy bandlari kelishib olinganidan so‘nggina o‘tkazilishi mumkin — bu esa oylar yoki hatto yillarni talab qilishi mumkin.

Shuningdek, Putin Zelenskiyning prezidentlik muddati o‘tganini va uning legitimligi yo‘q ekanini yana bir bor takrorladi. Kiyev va uning hamkorlari bu da’voni rad etishgan.

Kiritildi: 13:12 28.06.2025. O'qildi: 1001 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!