Donald Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida aytganicha, Vladimir Putin ularning uchrashuvi chog‘ida AQShda 2020 yilgi prezidentlik saylovlari soxtalashtirilgan deb ta’kidlagan.
🗣 Trampning so‘zlariga ko‘ra, Putin unga shunday degan:
«Saylovlaringiz soxta bo‘lgan, chunki sizda pochta orqali ovoz berish bor. Pochta orqali ovoz berishda adolatli saylov bo‘lishi mumkin emas», — degan Rossiya prezidenti.
Tramp qo‘shimcha qilganicha, Putin bu usulni «nodavlatga xos» va «demokratiyaga zid» deb atagan. Uning ta’kidlashicha, dunyoda deyarli hech bir davlat bunday usuldan foydalanmaydi.
Trampning o‘zi esa avval ham bir necha bor o‘zini 2020 yilgi saylovning haqiqiy g‘olibi deb atagan va Respublikachilarni saylov tizimini o‘zgartirishga chaqirib kelgan.