“Putin tarafdori bo‘lish — asosiy minimum”. “Edinaya Rossiya” 2007 yildan buyon ilk bor o‘zini prezident partiyasi deb e’lon qildi.
“Edinaya Rossiya” partiyasining Moskvada bo‘lib o‘tgan s’ezdida prezident tasviri va “Putin tarafdori bo‘lish — asosiy minimum” degan shior aks etgan tashviqot plakati taqdim etildi. Ushbu plakatda, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi ramziga aylangan lotincha Z harfi rus tilidagi “za” (tarafdori/uchun) so‘zidagi “z” harfi o‘rniga yozilgan. Plakatda, shuningdek, “Edinaya Rossiya — prezident partiyasi” degan yozuv ham bor.
Bu 2007 yildan beri “Edinaya Rossiya” o‘zini ilk bor prezident partiyasi deb e’lon qilishi hisoblanadi. Oxirgi yillar davomida Putin hukmron partiyadan o‘zini uzoqroq tutib kelayotgan edi, Zero, 2012 yildan buyon ushbu partiya raisi lavozimini sobiq prezident Dmitriy Medvedev egallab kelmoqda.