Bugun 30 may, 2026 yil, shanba

КИР

Putin Ruminiyadagi uyga qulagan dron Ukrainaga tegishli bo‘lishi mumkinligini aytdi

Putin Ruminiyadagi uyga qulagan dron Ukrainaga tegishli bo‘lishi mumkinligini aytdi

Rossiya prezidenti ilgari ham Ukraina dronlari Finlandiya, Polsha va Boltiqbo‘yi mamlakatlariga uchib kirganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ruminiya bilan bog‘liq vaziyatda ham xuddi shunday bo‘lgani ehtimoli mavjud.

"Evropa davlatlari havo hududiga dronlar kirganida har doim ularning birinchi reaksiya “Dod! Ruslar bostirib kelyapti! Ruslar zarba beryapti!”, bo‘lgan. Keyinchalik esa bular Ukrainaning dronlari bo‘lib chiqqan", — deya da’vo qildi Putin.

Rossiya prezidentining qo‘shimcha qilishicha, agar Rossiyaga ekspertiza uchun "ob’ektiv ma’lumotlar" va dron qoldiqlari topshirilsa, Moskva sodir bo‘lgan voqeaga baho beradi.

Eslatib o‘tamiz, 29 mayga o‘tar kechasi Ukrainaga uyushtirilgan hujum paytida Rossiya droni Ruminiyadagi turar joy binosiga urildi, oqibatda ikki kishi jarohatlandi.

Ruminiya prezidenti Nikushor Dan dron qulashini "Rossiyaning Ukrainaga qarshi tajovuzkor urushi boshlanganidan beri mamlakat hududiga daxldor bo‘lgan eng jiddiy hodisa" deb atadi.

Kiritildi: Bugun 12:22. O'qildi: 313 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!