Bugun 21 iyul, 2024 yil, yakshanba

КИР

Putin Rossiyaning yadroviy doktrinasi o‘zgarishi mumkinligini aytdi

Putin Rossiyaning yadroviy doktrinasi o‘zgarishi mumkinligini aytdi

Rossiya prezidenti buni G‘arb davlatlari hozir «o‘ta kam quvvatli portlovchi yadroviy qurilmalar»ni ishlab chiqayotgani bilan izohladi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat hozircha ogohlantiruvchi yadroviy zarba berish imkoniyatiga muhtoj emasligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya yadroviy doktrinadagi o‘zgarishlar haqida o‘ylamoqda. Putin Rossiya xavfsizlik sohasidagi global o‘zgarishlarga e’tibor qaratayotganini qo‘shimcha qildi.

«Biz hozir yadro doktrinasida nimani o‘zgartirish mumkinligi haqida o‘ylayapmiz. Har holda, biz ehtimoliy dushman buning ustida ish olib borayotganini, yadro qurolidan foydalanish chegarasini pasaytirish bilan bog‘liq yangi elementlar ustida ishlayotganini bilamiz», dedi Putin.

Rossiya rahbari so‘zlariga ko‘ra, G‘arb davlatlari hozir «o‘ta kam quvvatli portlovchi yadroviy qurilmalar»ni ishlab chiqmoqda. Putinning ta’kidlashicha, G‘arb ekspertlari bunday qurollardan foydalanishni maqbul deb bilishadi va doktrinani o‘zgartirish ehtimoli aynan shu bilan bog‘liq.

Avvalroq, NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg alyans «dushmanlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri signal» berish uchun o‘zining yadroviy arsenalini dunyoga namoyish qilishi kerakligini aytgan edi. Uning qo‘shimcha qilishicha, NATO maqsadi - yadroviy qurolsiz dunyo. Kreml Stoltenbergning so‘zlarini «keskinlikning kuchaytirilishi» deb atadi.

Kiritildi: 22:07 20.06.2024. O'qildi: 2082 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!