Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya va Eron o‘rtasidagi gumanitar sohadagi hamkorlikni boshqa davlatlar uchun yaxshi namuna sifatida baholadi.
Putin Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon bilan uchrashuv davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo aylanmasi 2025 yil yakunlariga ko‘ra 21 foizdan ziyod oshganini ta’kidladi.
«Menimcha, gumanitar sohadagi hamkorligimiz ham boshqalar uchun yaxshi namuna bo‘la oladi. Chunki Rossiyada ham, Eronda ham gumanitar yo‘nalishda juda ko‘plab tadbirlar o‘tkazilmoqda», — dedi Putin.