Bugun 8 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

"Putin otryadlari" Melaniya Trampni AQSh prezidentligiga nomzod bo‘lishga chaqirdi

"Putin otryadlari" Melaniya Trampni AQSh prezidentligiga nomzod bo‘lishga chaqirdi


Rossiyadagi "Putin otryadlari" deb nomlangan, asosan keksa ayollardan iborat guruh AQSh birinchi xonimi Melaniya Trampni keyingi prezidentlik saylovlarida ishtirok etishga chaqirdi. Bu haqda guruh a’zolari tarqatgan videoda ma’lum qilingan.

Guruh avval ham siyosiy chiqishlari bilan tanilgan. Uning a’zolari Rossiya prezidenti surati tushirilgan futbolkalar kiyib, ommaviy tadbirlarda qatnashgan va muxolifatga qarshi chiqishlar qilgan.

Guruhning Melaniya Trampga qiziqishi uning so‘nggi oylarda Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi gumanitar masalalarda ishtirok etayotgani bilan bog‘liq. Xususan, u Ukrainadan olib ketilgan bolalarni qaytarish bo‘yicha say-harakatlarda qatnashgan.

Shu hafta Melaniya Tramp Oq uyda Vladimir Putinning maxsus vakili Kirill Dmitriyevni qabul qildi. Dmitriyev Putin nomidan unga minnatdorlik bildirib, 11 yoshli qiz chizgan rasmni sovg‘a qildi. Rasmda "Men Melaniya Trampni yaxshi ko‘raman" degan yozuv bor edi.

Kiritildi: 16:30 07.11.2026. O'qildi: 744 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik