Bugun 8 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Kim aybdor?

Kim aybdor?

Ukraina prezidenti va Kiyev meri o‘rtasidagi keskinlik yana avj oldi: Vladimir Zelenskiy Kiyev hokimiyatini Rossiyaning energetika infratuzilmasiga berayotgan zarbalariga yetarlicha tayyorgarlik ko‘rmaganlikda aybladi. Vitaliy Klichko esa davlat rahbariga «manipulyasiya» va «yolg‘on» ayblovlari bilan javob qaytardi.

Konfliktning yangi bosqichiga Rossiya hujumlaridan so‘ng elektr energiyasi, suv va issiqlik ta’minotida yuzaga kelgan keng ko‘lamli uzilishlar sabab bo‘ldi. Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, ayniqsa Kiyevda vaziyat juda og‘ir. U shahar hokimiyati isitish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha zarur qarorlarni bajarmaganini ta’kidlamoqda.

Klichko prezidentning e’tirozlarini rad etdi. U Zelenskiy tilga olgan yig‘ilishlarga shahar ma’muriyati vakillari taklif qilinmaganini ko‘rsatib o‘tdi. Bundan tashqari, merning so‘zlariga ko‘ra, markaziy hokimiyat poytaxtda favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda harakat qilish rejasini tasdiqlashni paysalga solib kelmoqda.

Shuningdek, Klichko Zelenskiyning energiya ta’minotidagi real ahvolni qanchalik tushunishiga shubha bildirdi. Kiyev Ukrainaning yagona energetika tizimining bir qismidir, deb eslatdi mer: agar Rossiya zarbalari uni butun mamlakat bo‘ylab vayron qilayotgan bo‘lsa, shahar hokimiyati mustaqil ravishda үzluksiz elektr ta’minotini ta’minlay olmaydi.

Ikki siyosatchi o‘rtasidagi nizo bir necha yildan beri davom etmoqda. Ular ilgari ham bir-birlarini vakolatlarga aralashishda va yetarlicha hamkorlik qilmaslikda bir necha bor ayblashgan.

Kiritildi: 20:56 07.11.2026. O'qildi: 708 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik