Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasida departament boshlig‘i bo‘lib ishlagan 38 yoshli I.J. o‘zini «Administrasiyadan Komilman» deb tanishtirib, viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimovga qo‘ng‘iroq qilgan.
U afg‘onistonlik tadbirkorning Termizdagi «Diplomat» restorani o‘rnida ko‘p qavatli uy qurishiga ruxsat olishda amaliy yordam so‘ragan.
Sudda u o‘zini «Komil» deb tanishtirganini tan olgan. Biroq aybiga to‘liq iqror bo‘lmagan.
JIB Chilonzor tuman sudi uni Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi va 219-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topib, 3 yil 1 oyga ozodlikdan mahrum qildi. Jazoni manzil koloniyada o‘tash belgilandi.